O‘zbek tili sertifikati bo‘yicha imtihon o‘tkazildi
2026-yil 2-oktabr kuni Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi o‘zbek tili bo‘yicha malaka sertifikati imtihonini tashkil etdi. Sinov «Uzbek Language Proficiency Test» elektron platformasida bo‘lib o‘tdi.
Unda qo‘shni mamlakatlardan O‘zbekistonga kelib tahsil olayotgan talabalar ishtirok etdi. Imtihon onlayn shaklda o‘tkazildi.
Baholashda CEFR mezonlariga muvofiq A1, A2 va B1 darajalari qo‘llanildi. Ishtirokchilarning tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish ko‘nikmalari tekshirildi.
Markaz ma’lumotiga ko‘ra, sinovning maqsadi o‘zbek tilini egallash darajasini xalqaro mezonlar asosida aniqlash va to‘rt til ko‘nikmasini xolis baholashdan iborat.